Важным фактором эффективности проведения лечебно реабилитационных мероприятий, является отношение пациента к болезни. Качество ремиссий, а следовательно, и уровень жизни больного, зависит во многом от комплаентности и общей приверженности терапии. Наличие сопутствующих заболеваний, в частности для больных шизофренией, может оказывать существенное влияние как на клиническую картину, так и на форму отношения пациента к лечебному процессу в целом.
Ушбу мақолада бугунги кунда долзарблиги кундан кунга ошиб бораётган кибермакон, унинг пайдо бўлиши, тараққиёт этиш асослари ва ижтимоий тармоқлар билан ўзаро боғлиқ жиҳатлари атрофлича ўрганиб чиқилган. Кибермакондаги ҳуқуқий тартибга солиш асослари, унинг ҳуқуқий белгилари ҳамда ҳуқуқий табиати, кибермакон ҳақида олимларнинг фикр мулоҳазалари асосида илмий таҳлил қилинган.
Biz bugun globallashayotgan dunyoda yashayotgan ekanmiz, ushbu qaltis vaziyatlarda davlat tomonidan ichki va tashqi siyosat olib borishning bir qancha mashaqqatlari borligini anglab yetganmiz. Unda o'zining hududida oqilona siyosat yuritish, xalqning farovonligi va davlatining ravnaqi haqida qayg'urish bu hukumat va undagi rahbarlar oldidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu kabi masalalarga to'g'ri yechim topish va unga to'g'ri yo'nalish bera olish bu biroz mushkul ishdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro munosabatlarda sodir bo'layotgan turli xil qarama- qarshiliklar va mintaqaviy muammolarni biz uchun dolzarb masala emas deb o'zimizni ishontirib yurishimiz ham kerak emas. Aksincha, bu kabi ahamiyatli muammolarga yanada kuchliroq e'tiborimizni qaratgan holda o'zimizni tashqi siyosatdagi o'rnimiz va rolimizni oshirib olishimiz kerakdir. Ushbu maqolada tadqiqotchi asosiy e'tiborini bugungi O'zbekistonning ichki siyosatda olib borayotgan turli xil taraqqiyot yo'llariga va keng qamrovli tashqi siyosatdagi asosiy va dolzarb bo'lgan masalalariga urg'u bergan.